VATTLAR

VATTLAR (nem. — Watten, gollandcha — wadden — sohil sayozliklari) — Boltiq, Oxota, Irlandiya dengizlari, Shimoliy dengiz va Oqdengizda, AQSH ning Atlantika okeani sohilida dengiz sathi koʻtarilganda suv bosadigan va dengiz suvi pasayganda ochilib qoladigan joylar. Dengiz suvi koʻtarilganda oqindi choʻkaverib, Vattlar asta-sekin koʻtarila boradi. Vattlar yer yuzasi oʻrnini teztez oʻzgartirib turuvchi novlar va dare oʻzanlari bilan oʻyilgan. Baʼzan Vattlar toʻgʻon b-n toʻsiladi, shundan soʻng botqoqlik qurib, unumdor yerlar (polder)ga aylanadi.


Lotin alifbosida maqola: VATTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
IRLANDIYA
OKEAN
ATLANTIKA OKEANI
SHIMOLIY MUZ OKEANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты