VAUCHER

VAUCHER (ing. voucher — tilxat) — 1) xususiylashtirish cheki, qimmatli qogʻoz. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalarning aksiyalariga almashtirish yoʻli bilan xususiylashtirishda ishtirok etish huquqini beradi. Vaucherning xususiylashtirilgan mulk ulushiga koʻra belgilangan nominal qiymati va korxona daromadining aksiyalarga taqsimlangan dividend miqdoriga qarab belgilanadigan kursi mavjud. Vaucherni korxonalar aksiyalariga ayirboshlash, dividendlarni taqsimlash, aksiyalar bilan oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish Vaucher (investitsiya) fondlari orqali amalga oshiriladi. Vaucherni xohlagan investitsiya fondiga topshirish yoki sotish, sotib olish mumkin.

90-y. larda MDH davlatlaridan Rossiyada qoʻllanildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda xususiylashtiriladigan umumiy mulk miqdori va har bir fuqaroning umumiy mulkdagi hissasi hisob-kitob qilinib, mulk hissasiga muvofiq boʻlgan cheklar (vaucher guvohnomalari) aholi oʻrtasida tarqatildi. Shunga koʻra, bir dona Vaucherning nominal qiymati 10 ming Rossiya rubli darajasida belgilandi;

2) yozma guvohlik, kafolat, kafillik.


Lotin alifbosida maqola: VAUCHER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH
Sahar - Sevgilim
FOND BOZORI
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты