TORQOPCHIGʻAY

TORQOPCHIGʻAY — Qashqadaryo viloyati va Turkmenistan jan. gʻarbidagi soy. Hisor tizmasining Kattapoy tarmogʻi yon bagʻridagi buloqlardan boshlanadi. Oqboshtogʻ va Qorabaland togʻlarini kesib oʻtadi. Qarshi choʻliga yetmasdan tugaydi. Uz. 205 km. Bahorda toshadi (suv sarfi 1 m3/sek. chamasida), yozda qurib qoladi. Tepaqoʻton kaliyli tuz konlaridan oqib oʻtgani uchun suvi shoʻr. Torqopchigʻaydan Dehqonobod tumanidagi Torqopchigʻay qishlogʻi aholisi va xoʻjaliklari suv oladi.


Lotin alifbosida maqola: TORQOPCHIGʻAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QASHQADARYO VILOYATI
SIRDARYO
KALIYLI OʻGʻITLAR
TEPAQOʻTON TUZ KONI
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты