VAXTANG I

VAXTANG I Gorgasar (?-502) – Iberiya (Kartli) podshosi. Davlat hokimiyatini markazlashtirish uchun kurashgan. Uning davrida Tbilisi sh. qayta qurilib, poytaxt Msxeti sh. dan Tbilisiga koʻchirilgan. Kartlining mustaqilligi uchun Eron bosqinchilariga qarshi kurashda shuxrat qozongan. 484-y. gruzin va armanlarning sosoniylarga qarshi qoʻzgʻoloniga rahbarlik qilgan. Arman va gruzin mulkdorlarining xoinligi qoʻzgʻolon taqdirini hal etgan. Forslar V. ga boʻri rasmi tushirilgan bosh kiyim kiyib yurgani uchun Gorgasar — «Boʻri boshi» deb laqab qoʻyishgan. Forslar bilan boʻlgan jangda oʻldirilgan. Gruzin xalqi Vaxtang I sharafiga qoʻshiq va sheʼrlar yaratgan.


Lotin alifbosida maqola: VAXTANG I haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
GRUZIYA
ERON
ARMANISTON
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты