VAXTANGOV Yevgeniy Bagrationovich

VAXTANGOV Yevgeniy Bagrationovich [1883.1 (13) .2, Vladikavkaz-1922.29.5, Moskva| — aktyor, rej., teatr arbobi, «Talabalar drama studiyasi» (1926-y. dan Vaxtangov nomidagi teatr) ning asoschisi va rahbari. Oʻz ijodida K. Stanislavskiy tizimi va gʻoyalarini keng targʻib qilgan. Moskva Badiiy akademik teatri (MXAT)ning 3-studiyasida «Toʻy» (A. Chexov), «Avliyo Antoniy moʻjizasi» (M. Meterlink), 1-studiyasida «Erik XIV» (Yu. Strindberg), «Gabima» yahudiy studiyasida «Gadibuk» (Anskiy) kabi spektakllarni sahna-lashtirdi. Vaxtangov oʻzining soʻnggi ishi — «Malikai Turandot» (K. Gossi) spektaklida sahnaviy talqinning yangi qaytarilmas shaklini yaratdi. Vaxtangov rej. lik ijodining eng muhim tomoni — teatrning etik va estetik maqsadining mushtarakligidir. Oʻzbek aktyorlaridan M. Uygʻur, A. Hidoyatov, Ya. Bobojonov, S. Eshontoʻrayeva, H. Islomov va b. 1924 — 27 y. larda Moskva oʻzbek drama studiyasida Stanislavskiy tizimi bilan bir qatorda Vaxtangov uslubida ham tarbiya topganlar, Ayniqsa, bu taʼsir studiyaning «Malikai Turandot» asarini sahnalashtirishda oʻz ifodasini topdi. Vaxtangov uslubining taʼsiri Hamza nomidagi akademik drama teatri va b. oʻzbek teatrlarining 20-y. larning oxiri va 30-y. larning birinchi yarmidagi faoliyatida yaqqol koʻzga tashlangan.


Lotin alifbosida maqola: VAXTANGOV Yevgeniy Bagrationovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEATR
ROSSIYA
TOSHKENT
REJISSYORLIK SANʼATI
OʻZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты