TOFALAR

TOFALAR (oʻzlarini tofa, toxa deb atashadi, ilgarigi nomi — karagaslar) — RFning Irkutsk viloyati, Nijneudinsk rni (Uda, Biryusa, Kan, Gutara, Iya va b. daryolari boʻyi)da yashovchi xalq. 0,7 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Turkiy tillarning uygʻur guruhiga mansub tofa tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, lekin, shomonlik ham qisman saqlangan. Tofalarning shakllanishida Jan. Sibirning ket, turkiy, moʻngʻul va b. qabilalari ishtirok etgan. Bu jarayonda asosiy rolni turkiylarning toba (dubo) qabilalari oʻynagan. Tofalar sharqiy tuvaliklarga — tojinliklarga qarindosh boʻlib, faqat 1757-y. dan keyin ulardan ajralgan. 19-a. ga kelib alohida xalq sifatida shakllangan. 20-a. boshlarigacha Tofalar quyidagi urugʻlarga boʻlingan: kash, sariqkash, chogʻdu, qorachogʻdu, cheptey va b. Mashgʻuloti — ovchilik va koʻchmanchi bugʻuchilik boʻlgan. 20-a. da Tofalar oʻtroq hayotga oʻtgan. 1980-y. lardan boshlab Tofalarda oʻz tarixini oʻrganish va madaniyatini qayta tiklashga intilish kuchaygan.


Lotin alifbosida maqola: TOFALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
YER
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты