VAXSHUNVAR

VAXSHUNVAR (mil. 5-a.) — eftaliylar podshosi. Tarixchi Feofan Vizantiyskiy (b-a.)ning maʼlumotiga koʻra, eftaliylar podshosi Vaxshunvar degan nom bilan yuritilgan. Uning asl ismi Eftalon boʻlib, uning qabilasini eftaliylar deb atashgan. Xitoyning «Tan shu» yilnomasi ham bu maʼlumotni tasdiqlaydi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Vaxshunvar 457-y. ga kelganda Oʻrta Osiyodan tashqari, Toxariston va Badaxshonni oʻziga boʻysundirgan. Sosoniylar shohi Peroʻz Vaxshunvarga qarshi 3-marta muvaffaqiyatsiz yurish qilgan va soʻnggi 3-yurishi (484-y.)da oʻzi halok boʻladi. Vaxshunvar Eron ustiga juda katta oʻlpon soladi va Marv, Kobul, Panjobni hamda Sharqiy Turkistondagi Qorashar, Kucha, Koshgʻar va Xoʻtanni zabt etadi. Vaxshunvar rahbarligida eftaliylar Oʻrta Osiyo, Sharqiy Eron, Shim. Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlaridan tarkib topgan yagona ulkan saltanatni vujudga keltirganlar.


Lotin alifbosida maqola: VAXSHUNVAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
HINDISTON
ERON
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты