TOSH CHORSHANBA OʻGʻLI

TOSH CHORSHANBA OʻGʻLI (1909 Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani Kunchiqar qishlogʻi — 1967) — dostonchi. Togʻasi va amakisi baxshi oʻtgan. Ulardan dostonchilik sirlarini oʻrgangan. Repertuarida 20 dan ortiq oʻzbek xalq dostoni boʻlib, ulardan «Alpomish», «Goʻroʻgʻlining tugʻilishi», «Avazxon», «Nurali», «Kelinoy» kabi dostonlar, koʻpgina terma, ertak, maqol, topishmoqdar yozib olingan. Tosh Chorshanba Oʻgʻli 1960-y. da jahon sharqshunoslarining Moskva kongressida ishtirok etib, «Alpomish» dostonidan parchalar kuylab bergan.


Lotin alifbosida maqola: TOSH CHORSHANBA OʻGʻLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XORAZM VILOYATI
QASHQADARYO VILOYATI
ALPOMISH
XALQ IJODI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты