VAYANGON

VAYANGON, Uyongan (Uygʻongan) b o b o — qad. shahar xarobasi (mil. 1 — 4-a. lar, 9—14-a. lar). Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi Manaq (Am-barmanoq) posyolkasidan 1,5 km jan.-sharqda joylashgan. Vayangonni 1949—50 y. larda Ya. Gʻ. Gʻulomov tadqiq etib shahar hayotini 2 bosqichga: kushonlar davri (1—4-a. lar) va oʻrta asrlar (9—13-a. lar)ga ajratgan. 1973—74 y. larda Vayangonni Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filialining Tarix, til-adabiyot in-ti arxeologiya boʻlimi xodimlari tekshirishgan. Vayangon tarhi toʻrtburchak, ikki: gʻarbiy (280×360 m) va sharqiy (320×220 m) qismdan iborat. Yodgorlikda olib borilgan ishlar yakuniga koʻra, Vayangonning gʻarbiy qismi mil. 2—13-a. boshlarida obod boʻlgan. Ya. Gʻ. Gʻulomov Vayangonni oʻrta asrlardagi Ardaxushmisan sh. deb hisoblagan. Vayangon hududida, shuningdek Abdol-bobo va shayx Jaloliddin (12—13-a. boshi) nomli kichik tepachalar, Shayx Hasan Sabroniy makbarasi (12— 14-alar), Qalmoq qirilgan qabristoni (12—14-a. lar) joylashgan.

Vayangon qalʼasi nomi «Goʻrugʻli» dostonida ham tilga olingan.

Ad.: Gulyamov Ya. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshix vremen do nashix dney, T., 1975; Mambetullayev M., Kdыrniyazov M. M., Gorodiщye Voyengan. Arxeologiya Priaralya, vыp. 1, T., 1982; Mambetullayev M., Srednevekovыy mogilnik Kalmakkыrыlgan. Arxeologiya Priaralya, vыp. 2, T., 1984.


Lotin alifbosida maqola: VAYANGON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
TARIX
XORAZM VILOYATI
JALOLIDDIN MANGUBERDI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты