TOSHBAQALAR

TOSHBAQALAR (Testudenes, yaʼni Cheloniea) — sudralib yuruvchilar turkumi. Tanasi suyakmuguz yoki suyakteri sovut bilan qoplangan. Sovut orqa (karapaks) va qorin (plastron) qalqondan iborat. Koʻpchilik Toshbaqalarning tuzilishi qad. davrdan hozirgacha deyarli oʻzgarmagan. Sovutining uz. 12 sm dan 2 m gacha. Toshbaqalar koʻzi va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan, lekin yomon eshitadi. Tishlari boʻlmaydi, jagʻi tumshuqqa oʻxshash muguz plastinkalar bilan qoplangan. Umurtqa pogʻonasi — boʻyin va dum boʻlimlari harakatchan, boshqa kismlari karapaks bilan birlashib ketgan. Sovutning boʻlishi tufayli oyoqlar kamari suyaklar, qovurgʻalar ostiga siljigan. 250 ga yaqin turi bor. 2 kenja turkum (yashirin boʻyinlilar va yonbosh boʻyinlilar)gaajratiladi. Yashirin boʻ yinlilar (Cryptodira) 8 oila: kaymansimon Toshbaqalar, chuchuk suv T. i, quruklik Toshbaqalari, dengiz T. i, terili Toshbaqalar, yumshoq tanali Toshbaqalar va b. ni; yonbosh boʻyinli Toshbaqalar pelameduzasimonlar va ilon boʻyinlilar oilalarini oʻz ichiga oladi.

Ekologik jihatdan Toshbaqalar dengiz va quruqlik T. iga ajratiladi. Quruqdik Toshbaqalari Antarktikadan tashqari barcha qitʼalarda va koʻpchilik o. da, dengiz Toshbaqalari dunyo okeanining tropik va subtropik hududlarida, qisman, bareal qismida tarqalgan. Quruklik Toshbaqalari sovuq tushganda qishki, qurgʻoqchilik paytida yozgi uyquga ketishi mumkin. Quruqlik va dengiz Toshbaqalari, asosan, oʻtxoʻr, chuchuk suv Toshbaqalari, odatda, etxoʻr (baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, umurtqasizlar bilan oziklanadi). Toshbaqalar bir necha oy oziqlanmasdan yashashi mumkin. Quruqlikda juftlashadi. Ayrim turlari yil davomida 3-martagacha va undan ham koʻp marta bir necha 100 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumlari sharsimon yoki ellipssimon; quruqlik Toshbaqalar ida teri ohak poʻchoq, dengiz va chuchuk suv Toshbaqalar ida pust bilan qoplangan. Koʻpchilik turlarining inkubatsiya davri 2—3 oy (fil toshbakasiniki 6—7 oy). 2—3 y. da jinsiy voyaga yetadi. Toshbaqalarning oʻsishi cheklanmagan, faqat voyaga yetgan davrida sekinlashadi. Bir necha oʻn yil, baʼzan 150-yilgacha yashaydi. Baʼzi Toshbaqalarning goʻshti, yogʻi, tuxumi, baʼzan muguz qalqonidan foydalaniladi. Ayrim mamlakatlarda Toshbaqalarni koʻpaytirib boqadigan fermalar bor. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda choʻl T. i Testudo harsfi eldi tarqalgan. Choʻl Toshbaqalari bahor oylari uyqudan uygʻonadi; oʻsimlik maysalari bilan oziqlanib, qisman ekinlarga ziyon yetkazadi. Issiq yoz va sovuq qishda uyquga ketadi. Kuz quruq kelganida yoz uyqusi qish uyqusiga ulanib ketishi mumqin. Toshbaqalar soni kamayib borayotganligi sababli muhofaza qilinadi. 38 turi va kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: TOSHBAQALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Nelly - Bay [Wal-Mart Bonus Track]
UMURTQA POGʻONASI
YER
ODAM
KAYMANSIMON TOSHBAQALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты