TOSHBAQATOL

TOSHBAQATOL (Haplophyllum regforatum) — toshbaqatoldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik badboʻy oʻt. Nuqtasimon qora bezlar bilan qoplangan. Boʻyi 3070 sm, poyasi yuqori qismidan shoxlangan. Bargi tolning bargiga oʻxshash uzunchoq, tekis qirrali. Guli sariq, poya va shoxlar uchida qalqonsimon toʻpgul hosil qiladi. Mevasi 4 chanoqli ochilmaydigan koʻsakcha. May — iyudda gullaydi, avg. da urugʻi pishadi. T. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Fargʻona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi adirlar, togʻ etaklari va oʻrta qismidagi yon bagʻirlarda oʻsadi. Tarkibida 0,050 — 0,21% efir moyi, bargida 0,1 — 1,2%, poyasida 0,075 — 0,14%, ildizida 0,025%, urugʻida esa 1,6% alkaloid Toshbaqatol. (xaploperin, ixoxaploperin, skimmanin, xaplofin, xaplofilidin va perforin) bor. Poyasi va barglaridan tayyorlangan qaynatma va damlamalar tish ogʻrigʻi va har xil teri kasalliklarini davolashda qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: TOSHBAQATOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TISH
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT VILOYATI
QASHQADARYO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты