TOSHBULOQ

TOSHBULOQ — Namangan viloyati Namangan tumaniyaagi shaharcha, tuman markazi. 1989-y. 18 okt. da tashkil qilingan. Namangan sh. dan 10 km gʻarbda. Yaqin t. y. stansiyasi — Namangan (10 km). Ahsshisi 13947 kishi (2003). Toshbuloqda «ToshbuloqTola» aksiyadorlik jamiyati, «RayhonTola» pillani qayta ishlash korxonasi, «Toshbuloq-Tekstil» toʻqimachilik korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Avtokorxona, dehqon bozori, madaniyat saroyi, madaniyat uyi, markaziy kutubxona va uning shoxobchalari, «Yoshlar markazi» ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, 2 kasbhunar kolleji, maqom va xor jamoalari, «Olvalizor gullari» ashula va raqs xalq ansambli bor.

Stadion, 2 tennis korti, 2 ta bolalar sport maktabi mavjud. Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez tibbiy yordam ilmiy markazi boʻlimi, markaziy dorixona, 5 xususiy dorixona, 2 xususiy kasalxona aholiga xizmat koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: TOSHBULOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
XORAZM VILOYATI
XITOY
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты