VAQT MILLIY DEPOZITARIYSI

«VAQT» MILLIY DEPOZITARIYSI — qimmatli qogʻozlarni hisobga olish, saqlash va muomala harakatlarini qayd etish, mijozlarning qimmatli qogʻozlarga egalik huquqini hisobga olish bilan shugʻullanadigan muassasa. «Vaqt milliy depozitariysi» m. d. Oʻzbekistan Respublikasi fond bozorlaridagi qimmatli qogʻozlar (aksiya, veksel va b.) muomalalarida ularning harakati, saqlanishi va hisobi bilan birga aksiyadorlik jamiyatlari, xususiylashtirish investitsiya fondlari, brokerlik idoralari va b. ga depozitariy xizmatlari koʻrsatadi. Mazkur depozitariy OʻzRda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Oʻrta Osiyodagi eng yirik depozitariy. Bosh idorasi Toshkent sh. da joylashgan. 1994-y. 8-iyunda tashkil etilgan. Viloyatlarda 12 filiali ishlaydi. OʻzR Davlat mulki qoʻmitasining vakolatli depozitariysi hisoblanadi. Mijozlarga 70 dan ortiq turli depozitariy xizmatlari koʻrsatadi va respublikada mavjud boʻlgan boshqa 6 mustaqil depozitariy ishini muvofiqlashtiradi. «Vaqt milliy depozitariysi» m. d. Oʻzbekistan hududidagi depozitariylar faoliyatini muvofiqlashtirish, xorijiy depozitariylar bilan muxbirlik aloqalarini oʻrnatish va hamkorlikda ish yuritish, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarini maʼlumotlar bilan taʼminlash; milliy va xorijiy qimmatli qogʻozlar (aksiya, veksel, obligatsiya, sertifikat va b.)ni joylashtirish, saqlash, hisobga olish, ularni Oʻzbekiston fond bozoridagi harakatini tartibga solish (qimmatli qogʻozlar soxtalashtirilishi oldini olish, taʼminlanmagan va qayd etilmagan aksiyalarning bozorga chiqmasligini 100% kafolat bilan nazorat etib borish), shuningdek mulk egalarining oʻz ixtiyoridagi qimmatli qogʻozlarni sotish, sovgʻa qilish, garovga berish, meros qoldirish va sh. k. ni hisobga olish va b. vazifalarni bajaradi. Depozitariy xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlaridagi 4,8 ming aksiyadorlik jamiyatlariga qimmatli qogʻozlar boʻyicha, shuningdek 246 brokerlik idoralari, 13 reyestr kompaniyalari va b. 80 dan ortiq xususiylashtirish investitsiya fondlariga depozitariy xizmatlari koʻrsatadi. Oʻzbekiston xududida chiqarilgan aksiyalarning 66% milliy depozitariyda, 32% uning filiallarida saqlanadi va harakati nazorat qilinadi (1990-y. lar oxirlari). Oʻzbekistonda mavjud 19 depozitariylarda (Toshkent sh. dagi bosh idora va 12 hududiy filiallar, shuningdek 6 mustaqil depozitariy) jami 818 ming DEPO hisob varaqalari ochilgan.

Mahmud Kosimov.


Lotin alifbosida maqola: VAQT MILLIY DEPOZITARIYSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FOND BOZORI
TOSHKENT
FRANSIYA
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты