VAQT TENGLAMASI

VAQT TENGLAMASI — haqiqiy Quyosh vaqti (T„) bilan oʻrtacha Quyosh vaqti (Tu) orasidagi farqni ifodalovchi tenglama: ti=Tn—Tv. Quyoshni kuzatib To aniqlanadi va T„=T||t1 topiladi. Vaqt tenglamasi qiymati har bir kun uchun astronomik taqvim va yilnomalarda (baʼzan, teskari ishora b-n) beriladi. Quyoshning soat burchagi bilan oʻlchanadigan haqiqiy Quyosh vaqti Yerning oʻz orbitasi boʻylab notekis harakatga hamda ekliptikaning ekvatorga ogʻmaligi natijasida tekis oʻtmaydi. Shuning uchun Vaqt tenglamasi ikkita sinusoida yigʻindisidan iborat boʻladi. Bu sinusoidalardan birining davri bir yil, ikkinchisiniki yarim yildir. Vaqt tenglamasi 15 apr., 14-iyun, 1 sent., 24 dek. da nolga tenglashadi, yiliga 4-marta: 11 fev. da 14,3 min., 15-mayda 3,8 min., 27-iyulda 6,4 min. va 2 okt. da 16,4 min. eng katta mutlaq qiymatga erishadi.


Lotin alifbosida maqola: VAQT TENGLAMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
VAQT
KALENDAR
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты