TOSHKENT AVIATSIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI

«TOSHKENT AVIATSIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI» DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI, V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi — aviatsiya sanoatining samolyotsozlik sohasidagi yirik korxonasi. 1972-y. da tashkil etilgan. Toshkent aviatsiya zdi (bosh korxona), Andijon mexanika zdi, Fargʻona mexanika zdi va Toshkent kislorod zdini oʻz ichiga oladi. Birlashmada samolyot yigʻiladi, uning turli detal va uzellari tayyorlanadi, shuningdek, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqariladi.

2jahon urushi yillarida (1941-y. 14 okt.) Moskva viloyati Ximki sh. dan koʻchirib keltirilgan zd asosida Toshkent aviatsiya zdi barpo etildi. Dastlab PS84 samolyotlari ishlab chikarilgan, keyinchalik bu samolyot LI2 (Lisunov2) nomi bilan chiqarila boshlagan. 1953-y. dan IL14, 1958-y. dan turli tipdagi transport samolyotlari chiqariddi. 1966-y. dan AN22, 70-y. lar boshlaridan IL76 samolyotlari ishlab chiqarila boshladi. 90-y. larda ham uning asosiy maxsuloti IL76 MF transport samolyotlari boʻldi. 1992-y. dan mahalliy havo yoʻllarida qatnashga moʻljallangan va 64 oʻrinli Il114 samolyotlarini ishlab chiqarish. oʻzlashtirildi. 3dda AN70, «Mriya», «Ruslan» samolyotlari qanotlari va b. qismlari tayyorlangan. 1996-y. may oyidan ochiq turdagi davlat aksiyadorlik jamiyati. Korxonaning yigʻuvchi slesari E. H. Alimuhamedovga Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan (1995).


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT AVIATSIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
ROSSIYA
XITOY
AVIATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты