VAQTINCHA SUGʻORISH SHOXOBCHASI

VAQTINCHA SUGʻORISH SHOXOBCHASI — tuproq shoʻrini yuvish, yaxob berish va ekinlarni sugʻorish maqsadida ochiladigan muvaqqat ariq. V. s sh. suvni suv taqsimlagichdan sugʻoriladigan dalagacha yetkazib beradi. U kech kuzda, qishda, erta koʻklamda pol olgich va ariq qazigich mashinalari yordamida ochiladi. Dala nishabi va tuproq sharoitiga qarab, Vaqtincha sugʻorish shoxobchasi turli uzunlikda olinadi, shoʻr yuvilgandan, yaxob berilgandan keyin, shuningdek hosilni yigʻish oldidan koʻmib yuboriladi.


Lotin alifbosida maqola: VAQTINCHA SUGʻORISH SHOXOBCHASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER SHOʻRINI YUVISH
ARIQ QAZIGICH
YAXOB
SUGʻORISH
PAXTA TERISH MASHINALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты