TOSHKENT AGRAR UNIVERSITETI

TOSHKENT AGRAR UNIVERSITETI — qishloq xoʻjaligi. uchun mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibida. Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan. 1930-y. da Oʻrta Osiyo untining qishloq xoʻjaligi. fti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi inti tashkil etildi, bu int 1934—91 y. larda Toshkent qishloq xoʻjaligi inti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi, 1991-y. ning apr. da Toshkent davlat afar untiga aylantirildi.

Untda (2004): agronomiya, agrokimyo va tuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi; mevasabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi; zoomuhandislik va ipakchilik; iktisodiyot; buxgalteriya hisobi; kasbiy taʼlim; sirtki taʼlim; magistratura ftlari, 35 kafedra faoliyat koʻrsatdi, muzey (1980), ilmiy kutubxona (1 mln. dan ortiq asar), qishloq xoʻjaligi. kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi bor. 32 ga haydaladigan yer va 1 ga issikxona maydoni boʻlgan oʻquvtajriba xoʻjaligi, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida 2480 ga haydaladigan yer, 4 ga issiqxona maydoni, chorvachilik fermasi va boshqa ishlab chiqarish. obyektlari boʻlgan oʻquvtajriba xoʻjaligi; agroekologiya ilmiy markazi, biotexnologiya lab., etnomofaglarni koʻpaytirish boʻyicha biolaboratoriya, fungimarkaz kabi ilmiy ishlab chiqarish., tadbirkorlikilmiy boʻlinmalar faoliyat koʻrsatadi. 1992-y. da bakalavriat boskichida mutaxassislar tayyorlaydigan Nukus filiali tashkil etilgan. 2003/04 oʻquv yilida 5321 talaba, shu jumladan, kunduzgi boʻlimda 3047, sirtki boʻlimda 2040 bakalavr, 236 magistr talabalar oʻqidi, 457 prof. oʻqituvchi, shu jumladan, 53 fan dri va 166 fan nomzodi ishladi.

Unt faoliyati P. P. Shreder, N. R. Dimo, B. C. Maligin, V. V. Yaxontov, N. G. Zaprometov, S. N. Animuxamedov, RA Olimjonov, M. A. Pankov, AM. Shleyxer, AI. Avtonomov, Ye. N. Mixaylov, V. A. Shchekin, A. A. Roʻbakov, A V. Gvozdikov, M. B. Doshchanov, M. Baxodirov, P. V. Protasov, A. I. Imomaliyev, V. I. Zuyev, E. T. Shayxov kabi olimlar nomlari bilan bogliq. Unt tashkil topganidan beri qx fani va ishlab chiqarish. ning turli tarmoqdari uchun 55 mingdan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Unt qishloq xoʻjaligi taʼlimi muassasalari va i. tlar boʻyicha Jahon konsorsiumi aʼzosi, xorij mamlakatlarining 37 ta unti va 6 i. t. instituti bilan xamkorlik kiladi.

Hasan Boʻriyev.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT AGRAR UNIVERSITETI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
OLIY OʻQUV YURTLARI
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты