TOSHKENT ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYASI

TOSHKENT ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYASI, Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi — Toshkent sh. hududida arxeologik qazishlar va kuzatuvlar olib boruvchi ilmiy xodimlar jamoasi. Akad. Ya. F. Gʻulomov tashabbusi bilan 1967-y. tuzilgan. Toshkent zilzilasi (1966)dan soʻng shaharda qurilish ishlari avj olgach, Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (rahbarlari V. A. Bulatova, 196768, 197174; M. T. Aminjonova, 1969—70; M. I. Filanovich, 1974-y. dan) keng koʻlamda tadqiqot ishlarini boshlab yubordi. Arxeologik tadqiqotlar bilan birga Chochdagi numizmatika, paleoantropologiya va etnogenetik jarayonlarga oid, geomorfologiya, paleozoologiya, paleotuproqshunoslik va paleoiklimga oid tadkiqotlar Toshkent atrofi rnlarida kishilik jamiyati rivojining dastlabki bosqichini oʻrganish bilan birga koʻshib olib borildi. Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasining qazishlar va kuzatuvlari natijasida Toshkent sh. madaniyati yoshini aniqlash va shaxar rivojining qad. boskichlarini tiklashga imkon beradigan materiallar majmui jamlandi. Toshkentdagi yodgorliklarning arxeologik stratigrafiyasini oʻrganish fanning ayrim munozarali masalalariga aniklik kiritdi, yaʼni Burganli va Qovunchi madaniyatlarining aniq davrlari aniklandi; Chochning qad. va oʻrta asrlardagi poytaxtlari, bu rnning tarixiy topografiyasi, ekonomikasi va aholining gʻoyaviy dunyoqarashlarini oʻrganishga oid faktik materiallar toʻplandi.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
GEOGRAFIYA
XITOY
TARIX
ARXEOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты