TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI

TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI — oliy oʻquv yurti, 1991-y. 6-mayda Toshkent politexnika intining arxitektura, sanoat va fukaro qurilishi hamda muhandis qurilish ftlari negizida tashkil etilgan.

Int bakalaviaturasining kunduzgi va sirtqi boʻlimlarida 14 yoʻnalish boʻyicha 476 bakalavr, 20 mutaxassislik boʻyicha 88 magistr mutaxassislar bitirishi moʻljallangan (2004). Aspirantura, nomzodlik va drlik ilmiy kengashi, shuningdek, arxitektura, qurilish materiallari va qurilmalari, bino va inshootlar mutaxassisliklari boʻyicha ixtisoslashgan kengashlar faoliyat koʻrsatadi. Intda 4 ta ft (meʼmorlik, sanoat va fuqaro qurilishi, muhandis qurilish va iqtisod), 27 ta kafedra, 322 prof. oʻqituvchi (jumladan 1 akademik, 29 fan dri va prof., 117 fan nomzodi va dotsent), 168 oʻqituvchiassistentlar ishlaydi (2004). Intda, shuningdek, «Axborot texnologiyalari va masofaviy oʻqitish markazi», Malaka oshirish fti, «Qurilish sohasida menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish markazi», litsey (1996), biznes maktab (1999) faoliyat koʻrsatadi. 200 dan ortiq kompyuterlar tarmoqqa ulangan. Internet orqali xorijiy davlatlar bilan aloqalar oʻrnatilgan. 13 ta chet el oliy oʻquv yurtlari bilan shartnomalar boʻyicha oʻquv va ilmiy ishlar olib boriladi. Int qoshida maʼnaviyat va maʼrifat markazi bor. Int xdyotini aks ettiruvchi muzeyda oʻqituvchi va tsh1abalarning ish koʻrgazmalari tashkil etilib turiladi. Kutubxona fondi 200 mingdan ortiq kitobga ega boʻlib, elektron katalog darslaridan foydalanish ham yoʻlga qoʻyilgan.

A. Ashrabov, A. Boboxonov, M. Oʻrozboyev, V. Qobulov nomli stipendiyalar taʼsis etilgan.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OLIY OʻQUV YURTLARI
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI
FRANSIYA
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты