TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI — informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent elektrotexnika aloqa inti nomi bilan 1955-y. da tashkil qilingan. 2003-y. dan hoz. nomi bilan ataladi. Untda 8 ft: telekommunikatsiya tarmoqdari va kommunikatsiya tizimlari, radioaloka, radioeshittirish va televideniye, axborot texnologiyalari, fundamental fanlar fti, iqtisod, sirtqi, malaka oshirish va maxsus ftlar bor. Untda 5 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlanadi. Untda 28 kafedra, 40 oliy oʻquv lab., 20 i. t. lab., kutubxona (80 mingdan ziyod asar) faoliyat koʻrsatadi. Unt qoshida i. t. sektori, internatlitseyi, akademik litsey va kasbhunar kolleji mavjud. 2002/03 oʻquv yili untda 3,5 mingga yaqin talaba oʻqidi. Unt Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Unt faoliyati J. A. Abdumayev, T. D. Rajabov, M. S. Yunusov, T. S. Yoʻldoshboyev, F. B. Abutaliyev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Saʼdullayev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S. S. Qosimov va b. olimlar nomi bilan bogʻliq. Unt tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
GERMANIYA
HINDISTON
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты