TOSHKENT BIRINCHI TIBBIYOT INSTITUTI — umumiy amaliyot shifokori va stomatologiya yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy oʻquv yurti. 1920-y. Turkiston unti negizida tashkil topgan. 1931-y. Oʻrta Osiyo untining tibbiyot fti Oʻrta Osiyo tibbiyot intiga aylantirildi. 1935-y. dan Toshkent davlat tibbiyot inti deb ataladi. 1990-y. da Toshkent tibbiyot inti 1 va 2tibbiyot intlariga boʻlindi. Dastlab unda davolash, sanitariyagigiyena, pediatriya va stomatologiya ftlari boʻlgan. Hoz. int asosida Toshkent farmatsevtika institutoʻ, Samarkand tibbiyot institutoʻ, Andijon tibbiyot instituti, Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti hamda respublikaning qator i. t. institutlari tashkil topdi. 1972-y. pediatriya fti mustaqil Toshkent (dastlab Oʻrta Osiyo) tibbiyot pediatriya institutiga aylantirildi. 1992-y. da intning Urganch filiali tashkil etildi, unda davolash va pediatriya ftlari bor.
Intda 4 oʻquv fti (davolash, stomatologiya, tibbiy pedagogika, oliy maʼlumotli hamshira), 60 kafedra, aspirantura, markaziy i. t. va markaziy klinik lab., klinika (1200 oʻrinli), ilmiytibbiy axborot boʻlimi, muzey, akad. litsey, kutubxona (600 mingdan ortiq asar), bosmaxona bor. 3250 dan ziyod talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 34 tor mutaxassislik boʻyicha 300 dan ziyod rezident taʼlim oladi (2004). Intda oʻqiyotgan xorijiy talabalar (jumladan, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi) uchun barcha imkoniyatlar (xorijiy adabiyotlar kutubxonasi, xorij kutubxonasi bilan elektron pochta aloqasi) mavjud. Int Toshkent sh. dagi yirik kasalxonalar xamda tibbiyot i. t. intlarida qoʻshimcha klinik bazalarga ega.
Intda 450 dan ortiq oʻqituvchi, shulardan 7 Oʻzbekiston FA va xalqaro akademiyalar akad. (N. M. Majidov, Q. J. Mirazizov, Toshkent Birinchi Tibbiyot Instituti Daminov va b.), 100 dan ortiq fan dri va prof., 210 fan nomzodi va dotsentlar faoliyat koʻrsatadi. Institut drlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoyasini qabul qilish huquqiga ega. Int ilmiy toʻplam va uslubiy qoʻllanmalar nashr etadi.