TOSHKENT VILOYAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TOSHKENT VILOYAT PEDAGOGIKA INSTITUTI — pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1967-y. Toshkent viloyatining Angren sh. da ochilgan. Intda 6 ft (mat. va kasbiy taʼlim, boshlangʻich taʼlim metodikasi, tarix, filol., xorijiy tillar, tibbiyotgeogr.), sirtqi ft va boʻlim, 29 kafedra, 17 oʻquv lab., 21 boʻlim va markaz, jumladan, oʻquv, magistratura, ichki nazorat va monitoring, marketing, maʼnaviyat va maʼrifiy ishlar, iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimlari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining int boʻlimi, axborot texnologiyasi va masofadan oʻqitish markazi, kutubxona (85 mingdan ortiqasar) mavjud. Intda 18 taʼlim yoʻnalishi (mat. informatika, kasbiy taʼlim, ped. psixologiya, maktabgacha tarbiya va bolalar sporti, tarix, milliy istiklol goyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, kimyo va ekologiya, geogr. va iktisodiy bilimlar asoslari, biol. va inson faoliyati xavfsizligi, oʻzbek tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, fizikaastronomiya, boshlangʻich taʼlim) buyicha bakalavrlar, 3 mutaxassislik (oʻzbek tili, biol., kimyo) boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 2003/04 oʻquv yili intda 4633 talaba taʼlim oldi, 360 oʻqituvchi, jumladan, 5 fan dri va prof., 68 fan nomzodi va dotsent ishladi. Int faoliyati I. T. Yormatov, D. T. Toʻxliyev, U. Abdiyev, G. Pardayev, M. B. Boboyev, Sh. Ergashev, M. Mirkomilov, G. B. Niyozov kabi prof. oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Intda «Chotqol ziyokori» gaz. nashr etiladi (2002-y. dan). 2004-y. gacha int 1,4 mingdan ortik, mutaxassis tayyorladi.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT VILOYAT PEDAGOGIKA INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OLIY OʻQUV YURTLARI
PEDAGOGIKA
TARIX
SAMARQAND UNIVERSITETI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты