TOSHKENT VINO KOMBINATI AKSIYADORLIK JAMIYATI

«TOSHKENT VINO KOMBINATI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — vino sanoatining yirik korxonasi. Uzum vinosi, araq mahsulotlari, xom spirt va tozalangan spirt, uzum va olma sharbati, qayta ishlash uchun vino mahsulotlari ishlab chiqaradi «Oʻzmevasabzavot uzum sanoat» xolding kompaniyasi tarkibida. 1867-y. Toshkentda rus savdogar va sanoatchisi I. I. Pervushkin asos solgan. 1914-yilga kelib 60 ming dal vino ishlab chiqargan.

Oktyabr toʻntarishidan keyin natsionalizatsiya qilinib, «Turkvino» tresti tarkibiga kirdi. 1927-y. da «Oʻzbekvino»ga 7zavod boʻlib qoʻshiddi. Parkent va Qibrayda vino xom ashyosi tayyorlanadigan punktlar ochildi. 30-y. larda zd koʻp tarmoqli xoʻjalikka aylandi. 1962-y. da zd vino kombinatiga aylantirildi. 70-y. larda quvvati 3 mln. dal vino qoʻyishga moʻljallangan sex, quvvati 3 mln. dal araq mahsulotlari tayyorlovchi sex, kuvvati 450 ming dal boʻlgan spirt sexi ishga tushirildi. 1994-y. dan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi. Korxonada tayyorlangan «Hosilot», «Aloatiko», «Buvaki», «Xeres», «Farhod», «Oftobi» kabi ichimliklar, «Toshkent» aragʻi xalqaro koʻrgazmalarda oltin, kumush va bronza medallari bilan takdirlangan. 2003-y. da (ming dal) araq g 825, vino — 1298, spirt — 725 ishlab chiqardi.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT VINO KOMBINATI AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
VINO-ARAQ SANOATI
ROSSIYA
ITALIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты