VAHMAQUSH

VAHMAQUSH, inuya (Remiz pendulinus) — chittaklar oilasiga mansub qush. Mazkur urugʻning yagona turi, 10 tacha kenja turi bor. Oʻzbekistondagi eng mayda qushlardan, uz. 11 sm, vazni 10 g cha. Rangi oqishdan toʻq jigarrang va qoramtirgacha boʻladi. Boshining ikki yonida qora yoʻli bor. Pati mayin. Tumshugʻi uzun va oʻtkir uchli. Vahmaqush Yevropa va Osiyoning jan. da tarqalgan. Oʻzbekistonning hamma joyida (koʻproq qamishzorlarda) oʻtroq yashaydi. Oʻsimlik tolalari va momiqlaridan tol va qamishlarning suvga osiliv turgan shoxchalariga kichkina osma uya soladi. 6—8 dona tuxum qoʻyadi. Tuxumini faqat modasi bosadi. Tuxumdan 13—14 kunda joʻja chiqadi. Joʻjalari 16—18 kunda uchirma boʻladi. Vahmaqush zararkunanda hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziq-lanib, q. x. ga foyda keltiradi.


Lotin alifbosida maqola: VAHMAQUSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YEVROPA
Ummon - Dona-dona
ROSSIYA
Nilufar Usmonova - Dona-dona


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты