TOSHKENT VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

TOSHKENT VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI — vrachlar malakasini oshirish, ixtisoslashtirish va ilmiy kadrlar tayyorlash muassasasi. 1932-y. da tashkil etilgan. Dastlab Oʻrta Osiyo vrachlar malakasini oshirish inti deb nomlangan. 1992-y. dan hoz. nomda. Intda 4 ft (terapiya, xirurgiya, pediatriya, tibbiyot profilaktikasi va umumiy amaliyot shifokori), 4 kursni oʻz ichiga olgan 48 kafedra, 11 i. t. instituta, ilmiy markazlar, 13 koʻp profilli kasalxona, 6 poliklinikada baza, markaziy ilmiy tadqiqot lab., aspirantura, kutubxona va b. bor (2004). Intda 287 xodim, jumladan 65 prof., 151 fan nomzodi, 6 Respublikada xizmat koʻrsatgan fan arbobi, 12 Respublikada xizmat koʻrsatgan vrach unvonli xodim faoliyat koʻrsatadi (2004). 60 tibbiyot mutaxassisligi boʻyicha malaka oshiriladi. 1992-y. dan boshlab intda har yili 8—10 ming mutaxassis oʻqiydi. Int birlamchi ambulatoriyapoliklinika tizimida ishlayotgan terapevt va pediatrlarni umumiy amaliyot mutaxassisligi boʻyicha qayta tayyorlashning uzoq muddatli dasturini amalga oshiradi. Int prof. oʻqituvchilari yirik xalqaro anjumanlarda ishtirok etib, xorijiy davlatlarda oʻz malakalarini oshiradilar. Int Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotingʻgʻt oliy tibbiy mutaxassislar tayyorlaydigan bazasi hisoblanadi. Intda Xalqaro seminar va simpoziumlar oʻtkaziladi. Int monografiya, darslik, uslubiy qoʻllanmalar va ilmiy ishlar toʻplami nashr etadi.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
YAPONIYA
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты