VAHOBOVA Oʻktam Karimovna

VAHOBOVA Oʻktam Karimovna (1928.25.10, Margilon) — terapevt-kardiolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980); tibbiyot fanlari d-ri (1972), prof. (1973). Samarqand davlat tibbiyot in-ti pediatriya f-ti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1973-y. dan), in-t prorektori (1961 — 66), rektori (1966—81), 1987-y. dan terapiya kafedrasi mudiri. Toshkent davlat tibbiyot in-ti prorektori (1982 — 86). Ilmiy ishlari yurak-tomir kasalliklari: yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya va aterosklerozning epidemiologiyasi, klinikasi va zamonaviy davolash usullari, shuningdek uglevodlar va lipidlar almashinuvining biokimyoviy koʻrsatkichlarini aniqlashga oid. «Elyurt xurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).


Lotin alifbosida maqola: VAHOBOVA Oʻktam Karimovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI
TOSHKENT
TIBBIYOT
YURAK-TOMIR SISTEMASI KASALLIKLARI
YURAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты