TOSHKENT IKKINCHI TIBBIYOT INSTITUTI — umumiy amaliyot shifokori va tibbiy profilaktika yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy oʻquv yurti. 1990-y. Toshkent tibbiyot inti 1 va 2tibbiyot intlariga boʻlindi. Toshkent ikkinchi tibbiyot institutining Fargona filiali mavjud, unda tibbiy profilaktika yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Intda 4 oʻquv fti (davolash, tibbiy profilaktika, tibbiy pedagogika, oliy maʼlumotli x. amshira), 64 kafedra, aspirantura, markaziy i. t. va markaziy klinik lab., 2 klinika (jami 1120 oʻrinli), ilmiytibbiy axborot boʻlimi, muzey, akad. litsey, kutubxona (200 mingdan ziyod asar), nashriyot va bosmaxona bor. 3200 dan ziyod talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 21, tor mutaxassislik boʻyicha 250 dan ziyod rezident taʼlim oladi (2004). Int Toshkent sh. dagi yirik kasalxonalar hamda tibbiyot i. t. institutlarida qoʻshimcha klinik bazalarga ega.
Intda 505 oʻqituvchi, shulardan 3 kishi Oʻzbekiston FA akad. (Sh. Sh. Karimov, M. S. Abdullaxoʻjayeva, Toshkent Ikkinchi Tibbiyot Instituti Iskandarov va b.), 113 fan dri, prof., 250 fan nomzodi va dotsentlar faoliyat koʻrsatadi. Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti drlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoyasini qabul qilish huquqiga ega. Int ilmiy toʻplam va uslubiy qoʻllanmalar nashr etadi.