TOSHKENT ISLOM INSTITUTI

TOSHKENT ISLOM INSTITUTI, Imom alBuxoriy nomidagi Toshkent islom instituti — oliy diniy oʻquv yurti. 1969-y. tashkil etilgan. 1971-y. okt. dan faoliyatini boshlagan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. Dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, islom dini asoslarini oʻzlashtirgan, arab tilida soʻzlasha oladigan mutaxassislar tayyorlaydi. Darslar oʻzbek va arab tillarida oʻqitiladi. Ingliz, fors va rus tillari ham oʻrgatiladi.

Respublikamiz istiqloliga qadar sobiq Ittifokda yagona oliy islom oʻquv yurti boʻlgan, unda Zakavkazye, Shim. Kavkaz, SSSR ning Yevropa qismi va Sibir, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy idoralari uchun diniy xodimlar tayyorlangan. 2003y. OʻzR Vazirlar Mahkamasi karori bilan int bitiruvchilariga bakalavr diplomi beriladi.

Intda 130 talaba tahsil oladi (2004).


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT ISLOM INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
OLIY OʻQUV YURTLARI
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты