VVEDENSKIY Nikolay Yevgenyevich

VVEDENSKIY Nikolay Yevgenyevich [1852.16(28).4 – 1922.16.9] – rus fiziologi, I. M. Sechenovning shogirdi. Peterburg FA akad. (1909). Ilmiy tadqiqotlari hayvon toʻqimalarining har xil taʼsirotga javobini tekshirishga bagʻishlangan. Vvedenskiy tirik sistema faqat taʼsirotlar taʼsirida oʻzgarib qolmasdan, balki oʻz faoliyati jarayonida ham oʻzgarishi mumkin degan xulosaga kelgan; bu bilan birinchi boʻlib fiziologiyaga «vaqt omili» tushunchasini kiritgan. Vvedenskiy nerv-muskul apparatini nerv tolalari, nerv uchlari va muskullardan tashkil topgan turli qismlari har xil harakatchanlikka ega boʻlgan hosila deb qaragan. Parabioz tugʻrisidagi taʼlimotga asos solgan.


Lotin alifbosida maqola: VVEDENSKIY Nikolay Yevgenyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROSSIYA
BIOLOGIYA
KIMYO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты