TOSHKENT ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI

TOSHKENT ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI — Oʻzbekistondagi yirik issiklik elektr styalardan biri. «Uzbekenergiya» davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi shoʻba korxona. Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan. Stya qurilishi 1961-y. yanvarda uskunalarni ochiq holda joylashtirish bilan boshlangan. 1energobloki 1963-y. da, oxirgi — 12bloki 1971-y. da ishga tushirilgan. Unga bosimi 140 atm , harorati 545° boʻlgan 500 tGʻsoat bugʻ ishlab chiqarish quvvatiga ega agregatlar oʻrnatilgan. Har bir afegatning quvvati 160 MVt, styaning umumiy quvvati esa 1860 MVt. 1975-y. da stya sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilindi. Asosiy yoqilgʻi — Buxoro gazi, rezerv yokilgi — mazut. Suv bilan taʼminlash sistemasi — kanal, sohil nasos styalari, bosimli quvurlar va ishlatilgan suv chikarib yuboriladigan yopiq kanallardan iborat. Suv Buzsuv kanalidan olinadi. Stya Toshkent sh. va uning atrof hududlari isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydi; Oʻrta Osiyo «Energiya» birlashgan energetika tizimiga ulangan, elektr tizimga 110, 200, 500 kV kuchlanishda uzatiladi. 2003-y. da 9345,7 mln. kVtsoat elektr energiya va 273,9 Gkal issiklik energiyasi ishlab chikardi.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ISSIQLIK ENERGETIKASI
BUXORO VILOYATI
YER
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты