VEBERN

VEBERN (Webern) Anton (1883.3.12, Vena — 1945.15.9, Zalsburg yakinidagi Mitterzil) — avstriya kompozitori, dirijyori va musikashunosi. Kompozitsiya boʻyicha A. Shyonbergdan saboq olgan (1904—08). Dirijyor sifatida Avstriya va Germaniya shaharlarida ishlagan (1908—13, 1917—38). Yangn Vena maktabi asoschilaridan. Ijodida polifonik uslub birmuncha murakkablashtirilgan dodekafoniya texnikasi bilan uzviy bogʻlangan. Vebern tarkiban kamer asarlar bastalagan, hajman minimalizmga intilgan, musiqiy puantilizmga zamin yaratgan. Aynan shu xususiyatlari bilan 20-a. kompozitorlik ijodiyoti (xususan, musiqiy avangardizm)ga katta taʼsir koʻrsatgan.


Lotin alifbosida maqola: VEBERN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVSTRIYA
MUSIQA
TOSHKENT
XITOY
USLUB


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты