TOSHKENT METROPOLITENI

TOSHKENT METROPOLITENI — Toshkent shahar yulovchilar transporti korxonalari uyushmasi tarkibida. Toshkent metropoliteni kurilishi 1973-y. da boshlangan, birinchi liniyasining 9 styadan iborat, uz. 12,2 km birinchi navbati («Sobir Rahimov», «Chilonzor», «Mirzo Ulugʻbek», «Hamza», «Yoshlik», «Xalklar doʻstligi», «Paxtakor», «Mustakillik maydoni», «Markaziy xiyobon» bekatlari) 1977-y. 6 noyab. da, ikkinchi navbati («Hamid Olimjon», «Pushkin», «Buyuk ipak yoʻli» bekatlari, uz, 4,6 km) 1980-y. 18 avg. da foydalanishga topshirildi, bekatlar soni 12 taga yetdi.

Toshkent metropolitenining umumiy uz. 8 km boʻlgan ikkinchi liniyasining birinchi navbati («Alisher Navoiy», «Uzbekistan», «Kosmonavtlar», «Oybek», «Toshkent» bekatlari) 1984-y. noyab. da, ikkinchi navbati («Mashinasozlar», «Chkalov» bekatlari) 1987-y. noyab. da ishga tushdi. Shu liniyaning uchinchi navbati 1989-y. noyab. da («Gʻafur Gʻulom», «Chorsu» bekatlari, uz. 2,2 km), toʻrtinchi navbati («Tinchlik» va «Beruniy» bekatlari, uz. 3,2 km) 1991-y. 30 apr. da ishga tushdi. Bu liniyaning umumiy uz. qariyb 15 km ga yetdi.

Toshkent metropolitenining shahar markazini Yunusobod turar joy massivi bilan bogʻlaydigan (umumiy uz. 14 km) uchinchi liniyasining birinchi navbati («Mingoʻrik», «Yunus Rajabiy», «Abdulla Qodiriy», «Minor», «Bodomzor», «Habib Abdullayev» bekatlari) 2001-y. 26-oktyabrda ishga tushdi.

Toshkent metropolitenida qatnaydigan poyezdlarning oʻrtacha tezligi 39 km/soat, maksimal tezligi 65 km/soat. Toshkent metropolitenida sugkasiga oʻrtacha 270—300 ming yoʻlovchi tashiladi. Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish uchun baʼzi bekatlarda eskalatorlar oʻrnatilgan. Metrodagi «Chilonzor», «Hamza» bekatlari gumbazsimon, «Mustaqillik maydoni» yigʻmamonolit konstruksiyali kolonna tipida, boshqa bekatlar esa kolonna tipida qurilgan. Har bir bekatning badiiy meʼmorlik hamda haykaltaroshlik nuktai nazaridan bezatilishi ramziy ravishda shu bekat nomini aks etdiradi. Ularda madaniy, monumental dekorativ va amaliy sanʼatning milliy anʼanalari oʻz aksini topgan. Bekatlarga bezak berishda, asosan, OʻzRda chiqadigan qora, qizil, kulrang granitlar, turli xil marmar, keramika, stomalit, yogʻoch, oyna, turli xil metall va b. foydalanilgan.

Toshkent metropoliteni 9 balli zilzilaga bardosh beradi. Toshkent metropolitenining umumiy uz. 38,25 km, bekatlar soni 29 ta (2004). Metro qurilishi va navbatdagi yoʻl hamda bekatlarni loyihalash ishlari davom etmoqda.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT METROPOLITENI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
ULUGʻBEK
GʻAFUR GʻULOM
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты