TOSHKENT MILLIY RAQS VA XOREOGRAFIYA OLIY MAKTABI

TOSHKENT MILLIY RAQS VA XOREOGRAFIYA OLIY MAKTABI — balet artistlari va (raqqosa)lar tayyorlovchi maxsus oliy oʻquv yurti. 1947-y. Xoreografiya bilim yurti sifatida tashkil boʻlgan. 1997-y. dan hoz. nomda. Tashkilotchisi va birinchi direktori Matyusuf Xarratov (194758). I. Dovgelli, L. Zass, R. Karimova, M. Turgʻunboyeva va b. birinchi pedagoglardir. Oliy maktabda oʻrta maxsus taʼlim tizimi saqlangan holda, oliy boʻgʻinda oliy maʼlumotli bakalavrlar tayyorlanadi. «Xoreografiya pedagogikasi», «Baletmeysterrejissyor», «Xoreografiya jamoalari rahbarlari» mutaxassisliklari boʻyicha talabalar tahsil oladi. Maktabda mumtoz raqs, oʻzbek raqs, xalq sahna raqsi fanlari, «balet artisti» boʻlimida duet mumtoz raqs chuqur oʻrgatiladi. Osiyo qitʼasidagi shu soha boʻyicha yagona oliy oʻquv yurti xisoblanadi. Oʻtgan davr mobaynida maktabdan Q. Mirkarimova, R. Karimova, G. Hamroyeva, G. Mavayeva, Yu. Ismatova, D. Jabborova, V. Oqilova, F. Solihova, Oʻ. Muxamedova, 3. Madrahimova kabi respublikamizning yetuk raqs ustalari yetishib chiqqan. Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Germaniya, Lotin Amerikasi mamlakatlari, Jan. Koreya, Rossiya, Qozogʻiston kabi xorijiy davlatlar bilan oʻzaro hamkorlik, madaniyijodiy aloqalar oʻrnatilgan. Ularning yirik xoreograflari, balet maktablari bilan tajriba almashuv, «Master klass»lar oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan. R. Karimova, Q. Mirkarimova, G. Mavayeva, I. Kiborkova, A. Moʻminov kabilar maktabning yetakchi pedagoglaridir.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT MILLIY RAQS VA XOREOGRAFIYA OLIY MAKTABI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
OLIY OʻQUV YURTLARI
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты