TOSHKENT OLIY UMUMQOʻSHIN QOʻMONDONLIK BILIM YURTI

TOSHKENT OLIY UMUMQOʻSHIN QOʻMONDONLIK BILIM YURTI — oliy maxsus harbiy maʼlumotli ofitserlar tayyorlaydigan oʻquv yurti. 1918-y. 12-iyulda Turkiston sovet komandirlari kursi sifatida tashkil etilgan. 1919-y. Turkiston harbiy instruktorlar maktabi deb oʻzgartirilgan. 1922-y. dan Turkiston komandirlar tarkibini tayyorlaydigan birlashgan maktab, 1943-y. dan Toshkent piyoda askarlar bilim yurti nomi bilan yuritilgan. 1958-y. dan Umumqoʻshin komandirlari oliy bilim yurti nomi bilan atalgan. 1991-y. dan hoz. nomda. 1992—2003-y. lar mobaynida 2,5 mingdan ortiq ofitser tayyorlangan. Bilim yurtida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun yuqori malakali, oliy maxsus harbiy bilimga ega ofitserlar quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tayyorlanadi: motooʻqchilar boʻlinmasi komandirlari; motooʻqchi qoʻshinlari komandirlarining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari; qoʻshin razvedkasi taktik komandirlari. Bilim yurtida tinglovchilarning taʼlim jarayoni amaliy va nazariy tayyorgarliklardan tashkil topib, ular bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT OLIY UMUMQOʻSHIN QOʻMONDONLIK BILIM YURTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты