TOSHKENT OTCHOPARI

TOSHKENT OTCHOPARI — ot sporti buyicha respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, turli marosimlar oʻtkaziladigan, uloq chopiladigan, otlar bilan mashqlar olib boriladigan sport inshooti. Toshkentda rasmiy ot sporti musobakalari dastlab 20-a. boshlarida oʻtkazilgan. Shaharda 1976-y. gacha otchopar (ippodrom) Qoʻyliq mavzei yaqinida boʻlgan. 1976-y. respublikada eng yirik otchopar — T. o. qurildi (Akmal Ikromov tumani hududida, mayd. 70 ga, meʼmorlar: R. U. Asanov, E. I. Gusarova). Toshkent otchoparida chavandozlik, ot poygasi, ot choptirish, yoʻrttirish, otlarni sinash va sovitish, mashq qildirish maydonlari, . toʻsiqli yoʻlkalar, veterinariya lazareti, karantin xonalari, hovuz va b. bor. T. o. da musobaqalar, poygalar oʻtkazib turiladi, ot sportiga doyr mashqlar bajariladi va b. marosimlar uyushtiriladi. 2004-y. 30 sent. —1 okt. kunlari Toshkent otchoparida Ot sporta jahon kubogining saralash bosqichi oʻtkazildi.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT OTCHOPARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OTCHOPAR
XITOY
VETERINARIYA XIZMATI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты