VEGETATIV ORGANLAR

VEGETATIV ORGANLAR (oʻsimliklarda) — yuksak oʻsimliklarning oziklanishi va tashqi muhit bilan moddalar almashinuvini taʼminlaydigan qismi. Vegetativ koʻpayish vazifasini bajaradi. Asosiy Vegetativ organlar barg va poyali novda hamda ildiz hisoblanadi. Barg fotosintez, ildiz suv va mineral moddalarni shimib olish vazifasini bajaradi. Evolyutsiya jarayonida Vegetativ organlar oʻsimliklar quruqlikka chiqishi bilan tuzilishining mukammallashuvi tufayli paydo boʻlgan. Tuban koʻp hujayrali % Oʻsimliklar (suv oʻtla-ri) va zamburugʻlarning vegetativ tanasi (tallomi) birmuncha sodda va bir xilda tuzilgan boʻlib, organlarga boʻlinmaydi (ipsimon va ayrim plastinkasimon suv oʻtlari, zamburugʻlar mitselleysi). Koʻpchilik yirik yashil va qoʻngʻir suv oʻtlarining tashqi koʻrinishi yuksak oʻsimliklar organlariga oʻxshaydi, yaʼni bargsimon, poyasimon yoki iddizsimon boʻladi, lekin toʻqima tuzilishiga ega boʻlmagan qismlarga boʻlinadi. Hayvonlarda Vegetativ organlarga baʼzan nafas olish, hazm qilish, ayirish va b. organlar kiritiladi (yana q. Generativ organlar).


Lotin alifbosida maqola: VEGETATIV ORGANLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FOTOSINTEZ
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
OʻSIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты