VEGETATSION USUL

VEGETATSION USUL — oʻsimliklar agrokimyosi va fiziologiyasiga oid i. t. ishlarida qoʻllaniladigan lab. usullaridan biri; vegetatsion idishlarga oʻtqazilgan oʻsimliklarni vegetatsion uy, issiqxona, oranjeriya, fitotron va b. da oʻstirish. Vegetatsion usul yordamida oziq moddalarning fiziologik roli, ularning oʻsimliklarga kirib borishi, muhit reaksiyasining (rN) ahamiyati, sugʻorish normasi, oʻsimlikning oziq eritmasi konsentratsiyasi, t-ra, kimyoviy himoya vositalari, gerbitsidlarga munosabati oʻrganiladi, shuningdek tuproqqa solinadigan turli xil oʻgʻitlar sinab koʻriladi. Oʻsimlik qanday muhitda (suv, qum, tuproq) oʻstirilishiga qarab Vegetatsion usulning bir necha asosiy koʻrinishlari mavjud: yuksak oʻsimliklar bilan tajribalarni suv, qum va tuproqli muhitda oʻtkazish mumkin. Koʻpchilik tadqiqotlarda oʻsimlik tabiiy sharoitga yaqin boʻlgan substratda oʻstirilishi maqsadga muvofiq. Substrat biologik jihatdan inert boʻlishi lozim, shunda olinadigan natija aniq boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: VEGETATSION USUL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH
KIMYO
MINERAL OʻGʻITLAR
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты