TOSHKENT RESPUBLIKA FOND BIRJASI

«TOSHKENT» RESPUBLIKA FOND BIRJASI — qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshiradigan birja. «Toshkent respublika fond birjasi»r. f. b. 1994-y. 8 apr. da tashkil etilgan. Uning faoliyati respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va xususiylashtarilgan davlat korxonalari negizida ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil kilish siyosati bilan uzviy bogʻliq. Oʻzbekiston iqtisodiyotida pul tushumlari qayta taqsimlanishining yangi tizimi hisoblanadi. Birjaning barcha viloyatlarda filiallari va 84 ta brokerlik idorasi bor (2004). 1994-y. da qimmatli qogʻozlar birja savdolari yillik aylanmasi 30 mln. soʻmni, 1996-y. da 2,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi, jahon standartlariga moye birja standarti qabul qilindi. 1998-y. da savdolar hajmi 3,5 mlrd. soʻmga yetdi, listing tartibi qabul qilindi, «Buxoroteks» aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekistonning birinchi listing korxonasi sifatida qayd etildi, shuningdek, «Buxoroteks», «Paxtabank», «Oʻzsanoatqurilishbank», «Oʻzbekiston metallurgiya kombi nati» va «Gʻallabank» aksiyadorlik jamiyatlari rasmiy birja roʻyxatiga kiritildi. 1999-y. da chet el investorlariga erkin muomaladagi valyutaga aksiyalar sotish savdo maydonchasi ish boshladi.

2003-y. da qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha yillik aylanma hajmi 35,7 mlrd. soʻmni tashkil qildi, erkin muomaladagi valyutaga 8,3 mln. AQSH dollari mikdorida aksiyalar savdosi amalga oshirildi. 2003-y. da uning savdo maydonlarida 1617 ta aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bilan 6933 ta bitim va 10 ta emitentning korporativ obligatsiyalari boʻyicha bitimlar amalga oshirildi, shuningdek, umumiy hajmi 32,1 mlrd. soʻmlik 30,9 mln. dona aksiyalari sotildi.

Birja 1995-y. da «Yevrosiyo» fond birjalari federatsiyasi (FEAS)ra aʼzo boʻldi, 1999-y. dan Istanbul fond birjasiga, 2001-y. dan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo, Frankfurt fond birjasi bilan hamkorlik va axborot almashish haqida bitimlar imzolangan. Eng nufuzli xalqaro birjalar (London, NyuYork) listingidan joy olish boʻyicha aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Baxtiyoʻr Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT RESPUBLIKA FOND BIRJASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
FOND BOZORI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты