TOSHKENT TRAKTOR ZAVODI DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI

«TOSHKENT TRAKTOR ZAVODI» DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI — yirik sanoat korxonasi. «Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding» xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. Universal chopiq traktorlari, paxtachilik traktorlari, paxta tashish tirkamalari ishlab chiqaradi. Oʻqdori ishlab chiqaradigan zd sifatida 1942-y. da tashkil qilingan. 1945-y. da oziq-ovqat mashinasozligi zdi («Tashprodmash») ga aylantirilib, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar va maishiy xoʻjalik mollari ishlab chiqarilgan. 1950-y. dan Paxtachilik mashinasozligi zdi deb atalib, unda paxtaga dastlabki ishlov berish uchun mashinalar, quritishtozalash sexlari uchun uskunalar tayyorlangan. 1957-y. dan paxta tashiydigan transport vositalari va GAZ51 avtomashinasi ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan T«ashavtomash» zdiga aylantirilgan. 1967Y. da rekonstruksiya kilingan; 1969-y. dan traktor zdi. 1970-y. dan Rossiyadagi Vladimir traktor zdida ishlab chiqarilgan tayyor agregat va uzellardan paxtachilik uchun moslashtirilgan (paxta modifikatsiyasidagi) T28X4 traktorlari yigʻilgan, 1972-y. dan zdning oʻzida tayyorlangan uzellardan traktorlar ishlab chiqarila boshladi. 1976-y. da paxta modifikatsiyasidagi ancha quvvatli va tejamkor MTZ80X traktorini ishlab chiqarish. oʻzlashtirildi. 1995-y. dan hozirgi nomda. 1997-y. dan AQSH ning «Keys» firmasi bilan hamkorlikda traktor ishlab chiqaradigan «Oʻzbekkeystraktor» qoʻshma korxonasi tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida zdda kem g koʻlamli savdo ishlari yoʻlga qoʻyildi. 2001-y. da Rossiya (Noginsk, Zlatoust, Qozon va b.), 2002-y. da Turkiya, Krzogʻistonda savdo uylari ochildi. 2001-y. dan XXR bilan hamkorlikda 30 ot kuchiga ega boʻlgan 2 modeldagi kichik traktorlar ishlab chiqarila boshlandi, uning koʻpgina detal va uzellari mahalliylashtirilgan. Korxona TTZ80 va TTZ100 rusumli uch gildirakli paxtachilik va toʻrt gʻildirakli universal chopiq traktorlari ishlab chiqaradi (2004).


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT TRAKTOR ZAVODI DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MASHINASOZLIK SANOATI
ROSSIYA
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты