TOSHKENT TUMANI

TOSHKENT TUMANI — Toshkent viloyatidagi tuman. 1975-y. 25 noyab. da tashkil qilingan. Shim. dan Qozogʻiston, sharqdan Qibray tumani, jan. dan Toshkent sh., gʻarbdan Zangiota tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,16 ming km2. Axoliyey 133,1 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Keles), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Guliston, Koʻkterak, Koʻksaroy, Masalboy, Choshtepa, Chuvalachi, Yunusobod, Qizgʻaddoq, Hasanboy) bor. Markazi — Keles sh.

Tabiati. Tuman hududi Chirchiq va Keles daryolari vodiysida joylashgan. Relyefi, asosan, pastbaland tekislikdan iborat. Iklimi kontinental. Yillik oʻrtacha tra 13,3°. Yanv. ning oʻrtacha trasi —0,9°, —1,1°, eng past tra —29°. Iyulning oʻrtacha trasi 26,7°, eng yuqori tra 42°. Yillik yogʻin 370—390 mm, asosan, qishning 2yarmi va bahorda yogʻadi. Vegetatsiya davri 235 kun. Foydali qazilmalardan oʻtga chidamli gil, shagʻal, qum va issiq mineral suv buloqlari bor. Ekinlarni sugʻorishda Keles daryosi va Zaxariq hamda Boʻzsuv kanallaridan foydalaniladi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, tatar, qirgʻiz, koreys, uygʻur va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 832 kishi. Aholining 24,4% sanoat korxonalarida ishlaydi.

Xoʻjaligi. Q. x., asosan, chorvachilik, sabzavotchilik va bogʻdorchilik hamda tokchilik yaxshi rivojlangan. Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi. Toshkent tumani sanoati q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Junni kanta ishlash fkasi (Keles), gʻisht zdi, qurilish materiallari, oziq-ovqat i. ch. korxonalari va b. dan iborat.

Tumandagi jami korxonalarning yarmisini xususiy korxona va firmalar, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, qoʻshma va jamoa korxonalari va b. tashkil etadi. «KelesJun» fkasi, «ASTRA FARJM» korxonasi, «GANJBAYJON» — OʻzbekistonTurkiya qoʻshma korxonalari, sutni qayta ishlash, OʻzbekistonChexiya nasos ishlab chiqarish., OʻzbekistonTurkiya mebel i. ch. korxonalari samarali faoliyat kursatmoqdalar. Ixtisoslashgan bozorlari bor.

Toshkent tumanida 12 shirkat, 72 fermer, 80 dehqon xoʻjaliklari mavjud. Q. x. yerlari umumiy ekin mayd. 6169 ga, shundan 2630 gektar yerga bugʻdoy, 1490 ga yerga kartoshka, sabzavot, 1814 gektar yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 1206 ga yer tokzor, 90 ga yer oʻrmon va manzarali daraxtlar bilan band.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 13,3 ming qoramol, 5,2 ming qoʻy va echki boqiladi, 3 parrandachilik fermasi bor. Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik i. t. instituti, oʻrmon xoʻjaligi i. t. instituti tasarrufidagi tajriba i. ch. xoʻjaligida oʻrmon bilan qoplangan yerlar 86,14 ga. 22 xil koʻchat turlari yetishtiriladi. Tumanda 20 ta yoʻnalishda avtobus qatnaydi. Avtobus yoʻllari 146 km, ichki xoʻjalik yoʻllari 417 km, t. y. esa 12 km. (Toshkent—Moskva t. y.).

31 maktabda 31 ming oʻquvchi taʼlim oladi (2004). 35 kutubxona, 2 madaniyat uyi, 30 ta klub muassasasi, «Akvapark» bor. 3 stadion, suv havzasi, 3 tennis korti, 31 sport zali, 52 futbol, 45 basketbol, 25 qoʻl toʻpi, 36 futbol maydonlari mavjud. 4,6 ming bola sportning 15 turi bilan, 12,9 ming kishi ommaviy sport turi bilan shugʻullanadilar.

Toshkent tumanida 5 kasalxona (440 oʻrin), 12 kishloq vrachlik punkti, 5 poliklinika va b. tibbiy muassasalarda 276 vrach xizmat koʻrsatadi. Mustaqillik yillarida markaziy poliklinika, stomatologiya poliklinikasi, tuman markaziy tugʻruqxonasi (130 oʻrin) va yana bir qancha qishloq vrachlik punktlari qurilib, foydalanishga topshirildi. Tumandagi 60 maxallaning xar biri oʻz guzariga ega. «Alisher Navoiy», «Shamsiobod» va «Gʻishtkoʻprik» mahallalari Respublika miqyosidagi koʻrik tanlovi golibi hisoblanadi.

1977-y. dan «Istiklol nuri» tuman gaz. si chop etiladi (adadi 6000 ga yaqin).

Erkin Gʻulomov.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
XITOY
QOZOGʻISTON
ZANGIOTA TUMANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты