TOSHKENT XALQARO KINOFESTIVALI — film va ishtirokchilar soni jihatidan eng yirik kinofestivallardan. Filmlar rasmiy va informatsion dastur asosi» da namoyish etiladi. 1968-y. dan «Tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va xalqlar ozodligi uchun» shiori ostida oʻtkaziladi. Dastlab konkurssiz, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining kino sohasidagi yutuqlarini namoyish qilinishi bilan boshqa kinofestivallardan farq qilgan. Festival doirasi kinosi rivojlangan Yaponiya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar bilan bir katorda milliy kinosi endi shakllanayotgan davlatlarga ham moʻljallangan. Senegallik rej. Semben Usmon, marokashlik Suxayl Ben Barkalarning filmlarining koʻrigi ilk bor T. x. k. da namoyish etildi. Festival davomida matbuot konferensiyalari, ijodiy bahslar oʻtkaziladi. Kundalik matbuot byulletenlari va «Kinofestival yoʻldoshi» gaz. jurnalilari festivalning kundalik faoliyatini yoritib boradi. Kinofestival 1988-y. (10festivaldan boshlab)dan konkursli boʻldi va 5 xil mukofot taʼsis etildi: eng yaxshi film uchun bosh sovrin «Oltin semurgʻ»; eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun «Kumush semurgʻ»; eng yaxshi ayol roli uchun «Oltin lola»; eng yaxshi erkak roli uchun «Oltin archa»; milliy anʼanalar saqlangan filmlar uchun «Xoʻja Nasriddin» sovrinlari. Birinchi bosh sovringa «Hech qayerga sayohat» nomli hind filmi sazovor boʻldi. Mustaqil boʻlgan Toshkent xalqaro kinofestivali «xalqaro» maqomiga ega boʻlib, barcha xohlovchi davlatlar qatnashishi fcmumkin. 1992-y. 11 Toshkent xalqaro kinofestivali «Assalomu alaykum» shiori ostida oʻtkazildi. Bosh sovrin avstraliya rej. i Mark Noferin filmi («Spotvud») ga berildi. 12 Toshkent xalqaro kinofestivali 1997-y. Chingiz Aytmatov raisligida oʻtkazilib, bosh sovrin «Alvido, azizim» (Jan. Koreya) filmiga berildi.