VEZUVIY

VEZUVIY — Yevropaning materik qismidagi soʻnmagan yagona vulkan. Apennin ya. o. da, Neapol sh. yaqinida (Jan. Italiya). 3 konus hosil qilgan. Ichki, eng kattasi va yoshi Vezuviy boʻlib, bal. 1277 m. Krateridan va yangi oqib chiqqan lava orasidan t-rasi 400° li suv bugʻlari va gazlar chiqib turadi. Vezuviy otilganda bazaltli lava oqib chiqadi. Ana shu paytlarda koʻpincha momaqaldiroq boʻlib, jala quyadi; yomgʻir suvi kul bilan arala-ib sel hosil qiladi. Mil. 79 y. da Pompey, Gerkulanum va Stabiya sh. lari shunday oqim ostida qolib ketgan. Vezuviy 1631, 1794, 1822, 1906 va 1944-y. larda, oxirgi marta esa 1957—59 ylarda otilgan. 1842-y. da 608 m balandlikda vulkanologiya rasadxonasi qurilgan. 800 m balandlikkacha bogʻ, tokzor, qaragʻayzorlar bor. Turizm rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: VEZUVIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
YER
YEVROPA
XITOY
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты