VEYMAR

VEYMAR — Germaniyadagi shahar, Tyuringiya yerida. Ilm daryosi boʻyida (Elba havzasi). Aholisi 60 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Kombayn, aniq oʻlchov asboblari z-di, poligrafiya korxonalari bor; kimyo, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.

Shahar ilk bor 975-y. dan tilga olingan. 1573-y. dan gersoglik, 1815-y. dan Saksen-Veymar-Eyzenax Buyuk gersogliganing (1918-y. gacha) bosh shahri. 18-a. 2-yarmi — 19-a. boshlarida Germaniya maorifi markazi. F. List nomidagi konservatoriya, ped. in-ti; Gyote milliy muzeyi, Shiller uy-muzeyi, Milliy teatr bor. 16—18-a. larDa qurilgan meʼmoriy yodgorliklar saqlangan: Gersog saroyi (1790—1803-y. larda qayta qurilgan). Belveder saroyi (1726—32), Meʼmoriy va qurilish oliy maktabi (1904—07) va b. 2-jahon urushi yillarida Veymar yaqinida eng yirik konslagerlardan biri Buxenvald barpo etilgan edi. Veymar daI. S. Јa*(1703 va 1708-17), K. M. Viland (1772-1813), I. V. Gyote (1775-1832), I. G. Gerder (1776-1803), I. F. Shiller (17991805), F. List (1848-61) yashaganlar va ijod qilganlar.


Lotin alifbosida maqola: VEYMAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
GERMANIYA
ROSSIYA
FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты