VEYSMAN

VEYSMAN (Weismann) Avgust (1834.17.1, Frankfurt-Mayn — 1914.5.11, Freyburg) — nemis zoologi, evolyutsion taʼlimot nazariyotchisi. Freyburg un-ti prof. (1873-y. dan). 1860-y. dan Darvin taʼlimotini himoya qilish, uni ilmiy jihatdan asoslash va rivojlantirish ustida nazariy tadqiqotlar olib borgan. Genlarning diskretligi, ularning xromosomalarda joilashganligi va ontogenezdagi roli haqidagi hoz. zamon tasavvurlarini oldindan aytib bergan. Veysmanning irsiyat va individual rivojlanish toʻgʻrisidagi nazariyasi baʼzi kamchiliklardan xoli boʻlmasa ham, bu toʻgʻridagi zamonaviy tushunchalar uchun asos boʻlgan deyish mumkin. 20-a. ning 40-y. larida Veysman yaratgan va uning oʻzi neodarvinizm deb atagan taʼlimot darvinizmni rivojlantirishga qoʻshilgan katta hissa boʻldi.


Lotin alifbosida maqola: VEYSMAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XITOY
TOSHKENT
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты