TOSHKENT YURIDIK INSTITUTI

TOSHKENT YURIDIK INSTITUTI — xalq xoʻjaligining barcha sohalari uchun yuristhuquqshunoslar tayyorlovchi oliy oʻquv yurti. Toshkent unti yuridik fti negizida 1991-y. tashkil topgan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufida. Oʻquv jarayoni 2 bosqich: bakalavriat va magistratura bosqichlarida amalga oshiriladi. Intda 3 ta xuquq va ikkinchi mutaxassislik fti hamda magistratura markazi, 12 ta maxsus kafedra, 9 ta ijtimoiy kafedra bor. 3370 talaba oʻqiydi. 200 dan ortiq prof. oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatadi (2004). Intda demokratik, huquqiy davlatni barpo etish, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini rivojlantirish, qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash, aholi huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy targʻibotni kuchaytirishni koʻzda tutgan muammolarga oid tadqiqotlar olib boriladi. Yuridik fanlari dri va nomzodi ilmiy darajasini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan kengash faoliyat koʻrsatadi. 300 ming asarga ega boʻlgan asosiy kutubxona, 2 mingdan ortiq kitob jamlangan huquqiy axborot xonasi bor. Inson huquqlari va huquqiy yordam koʻrsatish klinikalari tashkil etilgan, ular aholiga bepul xizmat qiladi. Bu klinikalarda 60 dan ortiq talaba, oʻqituvchi, amaliyotchi faoliyat olib boradi. Klinika aʼzolari Polsha, Vengriya, Rossiya va b. davlatlardagi yuridik klinikalarda malaka oshiradilar.

Intda «Davlat va huquq», «Oʻzbekiston qonunchiligi tahlili» yuridik jurnalilari va «Xuquqiy maʼrifat» gaz. chop etiladi. 1999-y. da int qoshida akademik litsey tashkil qilingan.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT YURIDIK INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
OLIY OʻQUV YURTLARI
FRANSIYA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты