VEKSLER

VEKSLER (Wechsler) Devid (1896.12.1, Lespedi, Ruminiya — 1981.2.5, Nyu-York-Siti) — amerikalik psixolog va psixiatr. Nyu-York unti tibbiyot kolleji klinik psixologiyasi prof. Belvyu shifoxonasining bosh psixologi (Nyu-York). Intellektni tadqiq etish boʻyicha mashhur. Intellektni oʻlchash Veksler shkalasi, «Xotiraning Veksler shkalasi» testlarining muallifi. Birinchi boʻlib verbal (nutqiy) va amaliy intellekt testlarini bir batareyaga birlashtirgan. Intellektdan tashqaridagi omillar gʻoyasini ilgari surgan. Veksler «yolgʻonni aniqpash detektori» moslamasidan birini taklif etgan. Asosiy ishlari intellekt nazariyalari, dinamikasiga, katta yoshdagilarda intellekt va xotiraning yoshga koʻra oʻzgarishi kabi masalalarga bagʻishlangan.


Lotin alifbosida maqola: VEKSLER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
RUMINIYA
TIBBIYOT
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты