TOSHKENT HAQIQATI

«TOSHKENT HAQIQATI» — shkent viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gazetasi. Muassisi — Toshkent viloyati hokimligi. Toshkent sh. da haftada 5-marta chiqadi. Dastlab 1928-y. 11 dek. da «Sharq haqiqati» nomi bilan «Toshkent okrug firqa qoʻmitasining, okrug ijroiya qoʻmitasining va okrug kasaba soyuzlari shoʻrosining nashr afkori» sifatida chop etilgan (jami 519 soni chiqqan). 1930-y. 23 sent. dan «Qizil Oʻzbekiston» gaz. ga qoʻshilgan. 1954-y. 9 fev. dan hoz. nomda. Gaz. ga turli yillarda R. Alimov, E. Ismoiljonov, 3. Yesenboyev, M. Qoriyev, A. Ismoilov, N. Nasimov, F. Muhiddinov va b. muharrirlik qilishgan.

Gaz. ning tashkil etilishida va dastlabki sonlaridan boshlab siyosiyiqtisodiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayot hodisalariga hozirjavob gaz. sifatida namoyon boʻlishida oʻsha davrning taniqli yozuvchi va jurnalistlari — Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Maqsud Shayxzoda, Sotti Husayn, Komil Aliyev, Orif Ayupovlar katta ijodiy hissa qoʻshganlar. 2001-y. 7-iyuldan «Toshkent haqiqati» va «Tashkentskaya pravda» gaz. larining birlashgan tahririyati tashkil etildi. Gaz. sahifalarida bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot, tadbirkorlik harakati miqyoslarini kengaytirish muammolariga doir mavzular yoritib boriladi. Barkamol inson tarbiyasi, vatanparvarlik va yuksak axloqiymaʼnaviy fazilatlarni shakllantirish, huquqtargʻibot masalalari gaz. da yetakchi mavzularga aylangan. Adadi 12000 nusxa (2004).


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT HAQIQATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ABDULLA QODIRIY
XITOY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты