VELDE

VELDE (van de Velde) Xenri (Anri) Klemens van de (1863.3.4, Antverpen — 1957.25.10, Syurix) — belgiyalik meʼmor va bezak sanʼati ustasi. «Modern» uslubining boshlovchilaridan. Nemis «Verkbund» birlashmasi (meʼmorlar, bezak sanʼati ustalari va sanoatchilarni birlashtiruvchi)ning asoschilaridan biri (1907). Mebel loyihalarida (1894-y. dan), interyer bezaklarida (Germaniya, Xagendagi Folkvang muzeyi, 1901—02) va kurili shlarda (Bryusseldagi Blumenverf uyi, 1895) «modern» uslubi tashabbuskori sifatida egri chiziqli shakl va bezaklardan foydalangan. Meʼmor va nazariyotchi sifatida ratsionalizm asoschisi va rahbarlaridan biri boʻlgan (Veymardagi Badiiy sanoat maktabi, 1904; Kyolndagi Verkbund teatri, 1914). Keyinroq funksionalizm asoschilaridan, nazariyotchisi va rahbarlaridan biri boʻldi (Veymardagi meʼmorlik va qurilish oliy maktabi; 1904—07; Gentdagi kutubxona, 1935—40; Otterlodagi Kryoller-Myuller muzeyi, 1938—54 va b.).


Lotin alifbosida maqola: VELDE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GERMANIYA
TOSHKENT
FRANSIYA
BELGIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты