VELIGER

VELIGER, yelkancha (lot. velum — yelkan va gerum — olib yuruvchi) — koʻpchilik qorinoyoqpilar va ikki tavaqali mollyuskalarning pelagik lichinkasi. Veliger bir xil turlarda tuxumdan chiqadi, boshqalarida troxora lichinkasidan paydo boʻladi. Veligerning velumi, oyogʻi, ichagi, koʻzlari, muvozanat organlari (statotsiyetlar), chigʻanoq bezlari boʻladi. Chigʻanoq bezlari ishlab chiqaruvchi lichinkali chigʻanogʻi (protokonxa) ichiga Veliger tanasining oldingi qisan boshqa organlari va organlar sistemasi kirib turadi. Baʼzi Veligerlar suv qaʼrida uzoq vakt suzib yuradi va suv oqimi bilan uzoq masofaga tarqalib ketadi. Veliger suv tubiga choʻkkach, voyaga yetgan mollyuskaga aylanadi. Chuchuk suv mollyuskalari orasida faqat dreyssenalarning Veliger lichinkasi boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: VELIGER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
VELUM
OKEAN
METAMORFOZ
BOSHOYOQLI MOLLYUSKALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты