TOSHLOQ TUNGUSKA

TOSHLOQ TUNGUSKA (Yuqori qismida — Katanga) , Podkamennaya Tunguska, Chulakan, Oʻrta Tunguska — RF, Krasnoyarsk oʻlkasi va Irkutsk viloyatidagi daryo. Yeniseyning oʻng irmogʻi. Uz. 1865 km, havzasining mayd. 240 ming km2. Angara togʻ kryajidan boshlanadi. Yuqori oqimida vodiysi keng, quyi oqimida tor, oʻzanida bir qancha sayozlik va ostonalar uchraydi. Kor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Okt. oxirida muzlab, may oyi oʻrtalarida muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 1750 m3/ sek. Asosiy irmoklari: oʻngda — Tetere, Chunya; chapda — Kamo, Velmo, 1146 km masofada kema qatnaydi. Toshloq tunguska boʻyida Vanavara, Baykit, Podkamennaya Tunguska aholi punktlari joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: TOSHLOQ TUNGUSKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
AMUDARYO
DARYO
SIRDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты